O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi "Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorining ijrosi maqsadlarida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Koreya Respublikasi Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) tomonidan "Sun'iy intellekt sohasida Koreyaning milliy strategiyasi" mavzusida onlayn-seminar tashkil etildi.
Unda axborot muhofazasi va kriptologiya ilmiy-tadqiqot bo‘limining mutaxassislari, jumladan bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari M.Nazarova, 1- toifa muhandis S.Nabieva, muhandis M.Ja'farov qatnashdi.
Seminarda, shuningdek, Standartlashtirish tayanch tashkiloti vakillari ham, jumladan xizmat boshlig‘ining o‘rinbosari S.Saydiakbarov, 1- toifa muhandis I.Pardaev ishtirok etdi. Chiqishlar yakunlariga ko‘ra sertifikatlar olindi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan