2023-yilda AKT sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlar rejasi

"UNICON.UZ" DUK Ilmiy kengashining bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2023-yilda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Tadbir davomida tarmoq korxonalari bilan shartnomalar asosida, AKTni rivojlatirish jamg‘armasi tomonidan moliyalanadigan va Innovatsion rivojlantirish vazirligiga taqdim etiladigan ishlar mavzusi muhokama etildi. Ilmiy rahbarlar va mas'ul ijrochilar ma'ruzalar bilan chiqish qildilar.

Yig‘ilishni Ilmiy kengash raisi M.Mahmudov ochdi va ilmiy-tadqiqot bo‘linmalari tomonidan 13 ta ustuvor mavzu taklif etilganligini xabar qildi. Ma'ruzachilar o‘z ishlarining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalar haqida so‘zlab berdilar, shuningdek Ilmiy kengash raisi, t.f.n. M.Mahmudov, kengash a'zolari – t.f.n., professor M.Muhitdinov va t.f.n. X.Hasanovning savollariga batafsil javob berishga harakat qildilar. Mavzularning yangiligi, xorijiy tajriba, kutilayotgan natijalar va amalga oshirish savollari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, Ilmiy kengash qaror qabul qildi: ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ma'ruzalarni ma'lumot uchun qabul qilindi, kerakli o‘zgartishlar kiritish va tegishli tashkilotlarga joriy yilning 25 oktyabriga qadar ma'ruzalarni topshirish vazifasi yuklatildi.


Дата: 2022-10-14 11:54:25