“UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi xodimlari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi

Vazirning birinchi oʻrinbosari O.Pekos tomonidan tasdiqlangan “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va unga boʻysunuvchi tashkilotlar xodimlari va ularning oila aʼzolarining muzeylar va tarixiy yodgorliklarga tashrif buyurishini tashkil etish” reja-jadvaliga muvofiq, “UNICON.UZ” DUKning 10 nafar xodimasi Temuriylar davlat muzeyiga sayohat uyushtirishdi. Ekskursiya davomida muzey barpo etilishi tarixi, undagi eksponatlar va Temuriylar davlati tiklanishidagi eng muhim voqealar toʻgʻrisida qisqacha axborot berildi.
Ekskursiya mehmonlar dunyoqarashini yanada kengaytirish va ona yurt tarixiga shoʻngʻish imkonini berdi.

Tadbir “UNICON.UZ” DUK  kasaba uyushmasi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi boshlangʻich tashkiloti va Oila hamda xotin-qizlar davlat qoʻmitasining oʻzi tomonidan tashkil etildi.


Дата: 2022-10-19 10:47:29