2022-yilgi mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi rejasi asosida Aloqa texnik vositalarini sertifikatlashtirish markazi va Ixtisoslashgan ishlab chiqarish boʻlimi xodimlari uchun “Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va zararlarni qoplash” mavzusida seminar oʻtkazildi.
Ushbu seminarda Respublika bandlik va mehnat muhofazasi ilmiy markazi boʻlim boshligʻi Oʻgʻlon Jalolov maʼruza qildi.
Seminarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobini yuritish tartibi, Н-1 shaklini toʻldirish tartibi, shuningdek baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish va ularni tasniflash haqida batafsil axborot berildi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2023 UNICON.UZ Barcha huquqlar himoyalangan