“UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida OTM kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichining bitiruvchi kurs talabalari uchun stajirovka tanlovini o‘tashi haqida E’LON

“UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi “Axborot tizimlarini ishlab chiqish” ilmiy-tadqiqot bo‘limida stajirovka o‘tash uchun tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Markaz manzili

Тoshkent sh., M. Ulug‘bek tumani  Mingbuloq, 38

Bog‘lanish uchun telefon va faks raqamlari

71 208-82-31

 

Elektron pochta manzili

info@unicon.uz, s.muhamedjanova@unicon.uz

Bog‘lanish uchun vakil F.I.Sh.

Muxamedjanova Sadoqat

Bo‘sh lavozim vazifalari

– axborot tizimlari qismlarini ishlab chiqish (backend, frontend);

– axborot tizimlarining quyi tizimlarini ishlab chiqish;

- axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar dizaynini ishlab chiqish;

– web-sahifalarni yaratish, dasturiy ta’minotning mobil ilovalarini ishlab chiqish;

 - jarayonlarni avtomatlashtirish, turli sohalarga axborot texnologiyalarini jalb qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Nomzodlarga belgilanadigan malaka talablari

- axborot texnologiyalari yo‘nalishida tugallanmagan oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;

- axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lishi;

- texnika va texnologiyalar oid ma’lumotlarni tahlil qila olish;

- dasturlash tillari, vositalari haqida bilimga ega bo‘lishi va ulardan foydalana olishi;

- jamoada ishlash jarayonida muloqot qobiliyatiga ega bo‘lishi hamda xorijiy tillarni bilishi kerak.

Ish haqi va imtiyozlar

1 619 660 so‘m

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati

Ma’lumotnoma (shaxsiy)

Pasprot nusxa

 

 

“UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida OTM kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichining bitiruvchi kurs talabalari uchun stajirovka tanlovini o‘tashi haqida

E’LON

 

“UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi Telekommunikasiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinov markazida
(TTV SSM) stajirovka o‘tash uchun tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Markaz manzili

Тoshkent sh., Yunusobod tumani, Sohibkor ko‘chasi, 2a

Bog‘lanish uchun telefon va faks raqamlari

71 208-82-31

 

Elektron pochta manzili

info@unicon.uz, s.muhamedjanova@unicon.uz

Bog‘lanish uchun vakil F.I.Sh.

Muxamedjanova Sadoqat

Bo‘sh lavozim vazifalari

– Elektritexnika, radiotexnika, telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qo‘llaniluvchi qurilmalarning texnik ko‘rsatgichlarini sinov va o’lchash uskunalari yordamida aniqlash;

– me’yoriy hujjatlar va ulardagi sinov/o‘lchash usullarini qo‘llash;

- o‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlari, ya’ni “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida muvofiqlikni baholash;

– telekommunikasiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish maqsadida ularni me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan majburiy talablar asosida texnik ko‘rsatgich va parametrlarini aniqlash  bo’yicha sinovlarni o‘tkazish

Nomzodlarga belgilanadigan malaka talablari

- radioaloqa yo‘nalishi (radioto‘lqin tarqalishini, elektromagnit moslashuvi tushunchasi, radiochastota polosasi, antenna va uning turlari, mobil telefondan aloqa o‘rnatish strukturasi (GSM uchun), yangi radioaloqa texnologiyalari) tugallanmagan oliy;

- axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lishi;

- sinov, o’lchash uskunalari, texnik hujjatlar bilan ishlash ko’nikmalari;

- fizika va matematika asoslarini bilish;

- elektronika va sxemalar asoslarini bilish;

- elektritexnika, radiotexnika, telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi asoslarini bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikma;

- muvofiqlikni baholash sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlari, ya’ni “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Metrologiya to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektori to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlar haqida bilim va ko‘nikmalar;

- sertifikatlashtirish milliy tizimi (SMT), akkreditatsiyalash tizimi (AT), davlat standartlashtirish tizimi, o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining normativ hujjatlari haqida bilim va ko‘nikmalar;

- jamoada ishlash jarayonida muloqot qobiliyatiga ega bo‘lishi hamda xorijiy tillarni bilishi kerak.

Ish haqi va imtiyozlar

1 619 660 so‘m

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati

Ma’lumotnoma (shaxsiy)

Pasprot nusxa

 

 

“UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida OTM kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichining bitiruvchi kurs talabalari uchun stajirovka tanlovini o‘tashi haqida

E’LON

 

“UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi mobil va multiservis tarmoqlari ilmiy-tadqiqot bo‘limida stajirovka o‘tash uchun tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Markaz manzili

Тoshkent sh., Yunusobod tumani, Sohibkor ko‘chasi, 2a

Bog‘lanish uchun telefon va faks raqamlari

71 208-82-31

 

Elektron pochta manzili

info@unicon.uz, s.muhamedjanova@unicon.uz

Bog‘lanish uchun vakil F.I.Sh.

Muxamedjanova Sadoqat

Bo‘sh lavozim vazifalari

- telekommunikatsiya, ya’ni mobil va multiservis tarmoqlari yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot, sinov-konstruktorlik ishlarini olib borishda yordamlashish;

- telekommunikatsiya infratuzilmasini, ya’ni mobil va multiservis tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajribani muntazam ravishda o‘rganib borish va tahlil qilish;

- O‘zbekiston Respublikasida hamda xorijiy mamlakatlarda telekommunikatsiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan faoliyatlar bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlarini, ishlab chiqilgan tahliliy ma‘lumotlami va sohaga oid yangiliklarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish ishlariga ko’maklashish.

Nomzodlarga belgilanadigan malaka talablari

- telekommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lishi;

- axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

- texnika va texnologiyalar oid ma’lumotlarni tahlil qila olish;

- O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya infratuzilmasi haqida tasavvurga ega boʼlishi;

- jamoada ishlash jarayonida muloqot qobiliyatiga ega bo‘lishi hamda xorijiy tillarni bilishi kerak.

Ish haqi va imtiyozlar

1 619 660 so‘m

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati

Ma’lumotnoma (shaxsiy)

Pasprot nusxa

 


Дата: 2022-11-15 10:18:51