“UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti ” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimiga mas’ul xodim Ziyodulla Ollabergenov ma'ruza qildi. U o‘z ma'ruzasida “UNICON.UZ” DUK faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashning maqsadlari, Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashda ishlab chiqiladigan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati, korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri haqida batafsil axborot berdi. Shu bilan birga, Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish choralari bo‘yicha ma’lumot berdi. Ishtirokchilar muhokama etilayotgan mavzuga qiziqish bildirdilar va konstruktiv fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan