2022 yil 5-9 dekabrda Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi Telekommunikasiyalarni rivojlantirish byurosi 2- Tadqiqot komissiyasining Birinchi yig‘ilishi o‘tmoqda. Yig‘ilishda O‘zbekiston delegasiyasi safida "UNICON.UZ" DUK vakillari qatnashmoqda.
Yig‘ilish ishchi rejasiga ko‘ra, kun tartibiga barqaror aqlli shaharlar va hamjamiyatlarni rivojlantirish, AKTni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, insonga elektr magnit maydonlar ta'siri borasidagi strategiya va siyosat, elektron xizmatlar va tizimlar, jumladan sog‘liqni saqlash va ta'lim texnologiyalari, noqonuniy telekommunikasiya/AKT qurilmalariga qarshi kurashish va mobil telekommunikasiya qurilmalari o‘g‘irlanishiga qarshi turish kabi masalalar kiritilgan.
Bundan tashqari, "UNICON.UZ" DUK AKTni rivojlantirish va qo‘llash ilmiy-tadqiqot departamenti boshlig‘i Diyor Rajabov navbatdagi 4 yillik muddatga 2- Ilmiy-tadqiqot komissiyasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan