2022 yil 12-15 dekabrda videokonferensiya formatida Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik (AMH)ning 2023 yildagi Radioaloqa assambleyasi va Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha Ishchi guruhining oltinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ishchi guruh yig‘ilishida Armaniston Respublikasi, Ozarboyjon Respublikasi, Belarus' Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi, XEI Radioaloqa byurosi, 1- mintaqa radiohavaskorlar xalqaro ittifoqi, Inmarsat, Huawei kompaniyalar va AMH Ijroiya qo‘mitasi vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi nomidan yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” DUK, “EMMM” DUK va “RRTM” DUK mutaxassislari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibi Ishchi guruh raisining o‘tkazilgan tadbirlar, amalga oshirilayotgan loyihalarga oid materiallar va 2023 yildagi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi arafasidagi boshqa texnik hamda tashkiliy masalalar haqidagi hisobotini ko‘rib chiqishni o‘z ko‘zda tutdi.
Ma'lumot uchun
Radioaloqa assambleyasi (RA) v Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK), Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ga a'zo davlatlar va boshqa manfaatdor tashkilotlar radiochastota spektri va radioaloqa texnologiyalarining xalqaro taqsimlanishi va ishlatilishi masalalarini ko‘rib chiqish uchun XEI tomonidan har 4 yilda o‘tkaziladi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan