“UNICON.UZ” DUK Elektrmagnit muvofiqlik tahlili xizmatida aloqa sohasida 48 yil xizmat qilgan muhandisni pensiyaga chiqishi munosabati bilan tabrikladilar.
A.Karimov 1954-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Mehnat faoliyatidagi ilk qadamlarni 1974-yilda, hali Toshkent elektrotexnika aloqa institutini bitirmasdanoq, Aloqa vazirligi “O‘zdavaloqaloyiha” loyiha instituti aloqa liniyasi bo‘limi texnigi sifatida qo‘ygandi. O‘sha yilining o‘zida u katta texnik bo‘ldi.
1979-yilga qadar A.Karimov “O‘zdavaloqaloyiha” yetakchi muhandisi bo‘lib ishladi, so‘ngra, 1988 yilgacha Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarmasida faoliyat yuritdi. Keyinroq A.Karimov “O‘zagroaxborot” yetakchi muhandisi, 1996-1998 yillarda Elektrmagnit muvofiqlik markazi muhandisi, keyin bo‘lim boshlig‘i bo‘ldi, 1998-2014-yillarda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullandi, O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar davlat komissiyasi bosh mutaxassisi va bo‘lim boshlig‘i bo‘ldi. 2020-2022-yillarda “UNICON.UZ” DUK Elektrmagnit muvofiqlik tahlili xizmatining muhandisi bo‘lib ishladi.
“Ishning kichik yo kattasi bo‘lmaydi, har bir ish muhim”,- deydi o‘z ishining ustasi, doimo o‘z sohasiga qiziqish va mehr ko‘rsatib kelgan Abduhakim Xalilovich. U hamkasblari va yosh xodimlardan o‘z bilimi va tajribasini ayamaydigan mutaxassislar sirasiga kiradi. “UNICON.UZ” DUK Elektrmagnit muvofiqlik tahlili xizmati Karimov Abduhakim Xalilovichga chuqur minnatorlik bildiradi.
Umr kitobingizda yangi sahifa boshlangani bilan tabrigimizni qabul qiling. Bu yangi sahifa istiqbollarga, ro‘yobga chiqqan orzularga, mehr-muruvvatga, iliqlik va xayrli ishlarga to‘la bo‘lsin. Pensiyaga chiqqaningiz muborak bo‘lsin, qadrli ustoz!
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2023 UNICON.UZ Barcha huquqlar himoyalangan