Elektr xavfsizlik asosi 

«UNICON.UZ» DUKda ishlab chiqarishdagi travmatizmning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. 
Elektr toki ta'siri jiddiy, keng tarqalgan professional xatar bo‘lib, travmalarga yoki, hatto, halokatga sabab bo‘lishi mumkin. Himoyalanmagan sim yoki elektr zanjir elementlariga ochiq teginish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqarishda travmatizmning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatini «UNICON.UZ» DUK direktorining birinchi o‘rinbosari X.Hasanov olib bordi.
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha 1- toifali muhandis A. Nurmuhamedov chiqishi davomida kun tartibiga kiruvchi mavzu bo‘yicha axborot taqdim qildi.
Elektr xavfsizligi mehnat muhofazasi tizimlarining muhim komponenti bo‘lib, ishlab chiqarish xavfsizligining umumiy darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘z vaqtida o‘qishlarda qatnashish va elektr xavfsizligi bo‘yicha majburiy talablarni bilish bo‘yicha attestasiyadan o‘tish, ish boshlashdan oldin rejalashtirish va kerakli ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish salbiy oqibatlarning oldini olishi va xodimlar professionalizmi darajasini ancha oshirishi mumkin.
Ihotaning shikastlanishi natijasida kuchlanishga ega bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan, aslida tok tashuvchi bo‘lmagan metall qismlarga tegilgani sababli elektr toki urishidan himoyani ta'minlash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:
•    himoya yerlashtirish;
•    nollashtirish;
•    salohiyatlarni tenglashtirish;
•    himoyaviy ekranlashtirish;
•    himoya simlar tizimi;
•    himoya o‘chirilishi;
•    tok tashimaydigan simlar ihotalanishi;
•    tarmoqning elektr taqsimlanishi;
•    zanjirlarning oddiy va himoyaviy taqsimlanishi;
•    kichik kuchlanish;
•    ihotalanish nazorati;
•    erga tutashuv toklarining kompensasiyasi;
•    elektrni ihotalash vositalari;
•    individual himoya vositalari

Elektr xavfsizlikni ta'minlash usullari:
•    elektr qurilmalar konstruksiyasi bilan;
•    texnik usullar va himoya vositalari bilan;
•    tashkiliy va texnik tadbirlar orqali.

Elektr qurilmalar va ularning qismlari ishchilar elektr toki hamda elektr magnit maydonlarning xavfli va zararli ta'siriga uchramaydigan qilib bajarilgan bo‘lishi, shuningdek elektr xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Davra suhbati savollar va javoblar formatida davom etdi.


Дата: 2023-02-03 12:17:53