VЕRA MIXAYLOVNA TIRTISHNIKOVANI PENSIYAGA ChIQQANLIGI BILAN TABRIKLAYMIZ!

«UNICON.UZ» DUK Vera Mixaylovna Tirtishnikovani pensiyaga chiqqanligi bilan tabriklaydi. Vera Mixaylovna – yetakchi muhandis, u elektromagnit moslashuv tahlili xizmatida ishlagan. Aloqa sohasiga 45 yillik umrini bag‘ishlagan!
Muhandis – bu texnik maxanizmlarni, texnologiyalarni va tizimlarni yaratuvchi yoki takomillashtiruvchi mutaxassis-ixtirochidir. Bugungi qahramonimiz – mana shunday yuqori malakali va qobiliyatli muhandislardan biri.
1978-yilda u Toshkent elektrotexnika aloqa institutini yakunladi va o‘z mehnat faoliyatining boshida O‘zbekiston Aloqa vazirligining Mintaqaviy axborot-hisoblash markazida ishladi. U yerda Vera Mixaylovna 15 yil davomida muhandis, muhandis-dasturlovchi, katta muhandis-dasturlovchi, yetakchi muhandis bo‘lib faoliyat yuritdi.
1993-yildan 2013-yilga qadar u Aloqa vazirligi Radiochastotalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida xalqaro hisob masalalari, nazorat va radiochastota spektridan foydalanish departamentlarida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishladi. 
2013-yildan 2023-yilga qadar Vera Mixaylovna uzluksiz UNICON.UZ kompaniyasi Elektromagnit moslashuv tahlili xizmatining yetakchi muhandisi sifatida faoliyat olib bordi.
«UNICON.UZ» DUK Elektromagnit moslashuv tahlili xizmatining jamoasi Tirtishnikova Vera Mixaylovnaga ko‘p yillik fidokorona mehnati  uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi va mustahkam sog‘liq tilaydi.


Дата: 2023-02-10 13:49:04