2023 yil 9 fevralda “UNICON.UZ” da buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda “UNICON.UZ” xodimlari, taklif etilgan mehmonlar – “Toshkent bulbuli” nominasiyasining sohibasi Hojimatova Mahbuba Murodovna va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan filologiya fanlari doktori Abror Odilov qatnashdi. Tadbirning birinchi qismida Abror Odilov Alisher Navoiy hayoti va ijodi to‘g‘risida axborot taqdim etdi. Jumladan, Navoiy nodir shoir bo‘lganligi, davlat arbobi sifatida esa, u davlatning iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim rol' o‘ynagani, ko‘plab bunyodkorlik ishlarida faol qatnashganligi aytildi. Ijodiy uchrashuvning ikkinchi qismi Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlandi. Bobur hayoti va ijodini o‘rganish har doim nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda katta qiziqish uyg‘otgan. Butun dunyoda mashhur “Boburnoma” asari 18-19 asrlardayoq bir necha Yevropa tillariga tarjima qilingan. Tadbirda kuy-qo‘shiqlar hamda Bobur va Alisher Navoiy g‘azallari ijro etildi. Uchrashuvning barcha mehmonlariga sovg‘alar ulashilishi tadbirning munosib yakuni bo‘ldi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan