Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik ishchi guruhining yig‘ilishi: assambleya va butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik

Joriy yilning 13-fevral kuni  RCHS va SO bo’yicha ASHH qo’mitasi RA/BRK ishchi guruhining Radioaloqa assambleyasi va 2023 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga (BRK-23/RA-23) tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha videokonferensiya shaklidagi 7-yig‘ilishi boshlandi.
Ishchi guruh yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi, XEI Radioaloqa byurosi, 1- mintaqa radiohavaskorlar xalqaro ittifoqi, Inmarsat, Huawei kompaniyalari va ASHH Ijroiya qo‘mitasi vakillari qatnashmoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi nomidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, “UNICON.UZ” DUK, “EMMM” DUK va “RRTM” DUK mutaxassislari ishtirok etdi. 
Yig‘ilish kun tartibiga binoan BRK-23/RA-23ga tayyorgarlik bo‘yicha ASHH ishchi materiallarni ishlab chiqish va ASHHning BRK-23 bandlari bo’yicha pozitsiyasi va hissalar loyihasini ko’rib chiqish rejalashtirilgan.
Yig‘ilish 2023-yil 17-fevralgacha davom etadi.


Дата: 2023-02-17 08:33:42