Komilova Malohat Bahodirovna 1999-2006 yillarda Fan-texnologiya va marketing tadqiqotlari markazi Standartlashtirish asos tashkilotining muhandisi bo‘lib ishladi. 2006 yildan 2023 yilga qadar "UNICON" DUK Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati tarjimalar bo‘limining boshlig‘i lavozimini egallab keldi.
Uning rahbarligi ostida va shaxsan ishtirokida mingdan ziyod normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, ilovalar, tarjimalar, yuzlab ilmiy va ilmiy-texnik hujjatlar tayyorlandi. Jumladan, u O‘zbekiston Respublikasining "Tijorat siri to‘g‘risida", "Axborot to‘g‘risida", "Elektron raqamli imzo to‘g‘rimda"gi qonunlarning davlat tiliga tarjima qilishda bevosita qatnashdi.
Faoliyatidagi yutuqlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va "UNICON" DUK faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
"UNICON" DUK jamoasi Komilova Malohat Bahodirovnaga fidokorona mehnati uchun minnatdorchilik bildiradi va unga mustahkam sog‘liq tilaydi!
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan