2023-yil 23-27 mart kunlari “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida “CERT ACADEMY” xalqaro trening kompaniyasi bilan hamkorlikda ISO 37001:2016 Xalqaro standarti bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi menejeri/ichki auditori” mavzusida maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirni Markaz direktori Maxmudov Maxsum Mubashirovich ochib, “UNICON.UZ” DUKda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
O‘quv seminarga TÜV International Certification (Germaniya), CERT INTERNATIONAL (Slovakiya) xalqaro auditori, oliy yuridik ma’lumotga ega, IRCA (Buyuk Brutaniya) kurslarida maxsus tayyorgarlik ko‘rgan va Cert Academy trening kompaniyasida o‘qituvchi Luqmanov Saidabror Baxadirovich taklif etildi.
O‘quv seminarda Markazda faoliyat yuritayotgan yigirma nafar rahbar va mutaxassis xodimlar ishtirok etishdi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan