2023-yilning 27-martidan 7-apreliga qadar Jenevada (Shveysariya) Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) 2023-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga (KTY23-2) tayyorgarlik yig‘ilishining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tayyorgarlik yig'ilishlari Butunjahon radioaloqa konferentsiyalari (BRK) o'rtasida 2 marta quyidagilarni tayyorlash uchun o’tkaziladi: XEI Radioaloqa qoidalariga o'zgartirish va qo'shimchalar loyihalari, kun tartibidagi masalalar (30 dan ortiq masalalar) bo'yicha BRK hisoboti loyihasi, Tadqiqot guruhlari va ularning BRK o'rtasidagi ishchi guruhlar natijalari, navbatdagi BRK kun tartibi loyihasi bo'yicha takliflar.
Yig’ilishda radiochastotadan foydalanish va radioaloqa texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi XEIga a'zo 125 davlatdan 1900 ga yaqin mutaxassislar ishtirok etdi. Ikki haftalik yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar qatoriga quyidagilar kirdi:
- xalqaro mobil aloqani yanada rivojlantirish uchun qo'shimcha chastota diapazonlarini aniqlash;
- Geostatsionar (GSO) va geostatsionar bo‘lmagan (GSO bo‘lmagan) sun’iy yo‘ldoshlar uchun xalqaro me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, bunda barcha mamlakatlar uchun teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
- Global dengizda qutqaruv tizimini (GMDSS) modernizatsiya qilish.
- Ultra yuqori chastotali (UHF) eshittirishning kelajagi va boshqalar.
KTY23-2 da O‘zbekiston Respublikasi Aloqa ma’muriyati nomidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, EMMM DUK, UNICON.UZ DUK mutaxassislari ishtirok etdi.
Deyarli 2 hafta davom etgan KTY23-2 yakuniga ko’ra, BRK-23 uchun Hisobot qabul qilindi. Hujjat XEIga a'zo davlatlar va boshqa manfaatdor tashkilotlar BRK -23 ishi bo'yicha o'z takliflarini tayyorlashda ko'rib chiqish uchun texnik, operatsion va me'yoriy materiallarni jamlaydi.
KTY23-2 hisobotiga, respublikaning radiotexnologiyalarni kelajakda rivojlantirishdagi manfaatlarini hisobga olgan holda, O‘zbekistonning ham takliflari kiritilgan.