Joriy yilning 12-aprel kuni “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali markaz faoliyatini о‘rganish, korxonaning shu yillar davomida erishgan yutuqlari va raqamlashtirish tendensiyalari bilan tanishish maqsadida “IT tashrif” uyushtirdi. Intervyu jarayonida “Unicon.uz” markazi rahbariyati va xodimlari korxonaning jamiyatning rivoji uchun ahamiyatli faoliyati haqida gapirib о‘tdilar.
Sо‘z о‘rnida, bugungi kunda “UNICON.UZ” zamonaviy texnologiyalar va yechimlardan foydalangan holda davlat va xususiy sektorni raqamlashtirish bо‘yicha keng kо‘lamli loyihalarni amalga oshiruvchi Raqamli texnologiyalari tizimi takshiloti hisoblanadi. “UNICON.UZ” mamlakatimizda 1992 yildan buyon
ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish va yangi AKT texnologiyalarini joriy etib kelayotgan yetakchi korxonalardan biri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy tadqiqot markazi maqomiga ega korxona sifatida “Unicon.uz” izchil bazaga ega bо‘lgan mutaxassislar tayyorlash bо‘yicha kuchli ichki maktabni rivojlantirib borilmoqda.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan