Kuni kecha “UNICON.UZ” DUK majlislar zalida “H3C Technologies” kompaniyasining vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “UNICON.UZ” DUK direktori Maxmudov Maxsum Mubashirovich Markazning Markaz faoliyati bilan tanishtirib, 30 yillik natijalari, xizmatlari, telekommunikatsiya, aloqa va axborot sohasidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib borishi, sertifikasiya va metrologiya hamda uning yo‘nalishlari, axborot texnologiyalari axborot tizimlarini dasturlash yo‘nalishlari, normativ huquqiy hujjatlar va ilmiy tadqiqod ishlarini olib borish yo‘nalishlari, shu bilan bir qatorda Markaz axborot texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirish uchun bir nechta davlat tashkilotlarining yagona integratori ekanligi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi. Shuningdek, yangi bino qurilishi rejalashtirilayotganligi hamda xodimlarni o‘qitish maqsadida yangi o‘quv markaz ochish to‘grisida qisqacha ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu ochilishi rejalashtirilayotgan markaz uchun “H3C Technologies” kompaniyasining takliflari o‘rganilib, o‘quv dasturlari, formatlari, kelgusida esa Markazning malakali va bilimga ega mutaxassislari tomonidan o‘qitilishi to‘g‘risida fikr almashildi.
Uchrashuv davomida “H3C Technologies” kompaniyasining Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori Li Chusyan samimiy qabul uchun uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek kompaniya faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berib, ta’lim bo‘yicha mijozlari va hamkorlariga tarmoq mahsulotlari va texnologiyalari bo‘yicha sertifikatlangan professional ta’limning to‘liq spektrini taqdim etishi va mijozlarning ehtiyojlarini qondiradigan keng qamrovli va professional ta’lim dasturini taqdim etishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Uchrashuv so‘ngida “UNICON.UZ” DUK va “H3C Technologies” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikda ishlash bo‘yicha hamkorlik memorandum imzolandi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan