“UNICON.UZ” DUKmarkaziga “H3C Technologies” kompaniyasining vitse prezidenti tashrif buyurdi

vakillari bilan uchrashuvi

Joriy yilning 10 aprel kuni “UNICON.UZ” DUK hamda “Cross Technologies” kompaniyasi o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar vakillari axborot xavfsizligi yo‘nalishida faoliyat olib borishga mo‘ljallangan qo‘shma korxona tashkil etish borasida fikr almashishdi.

“UNICON.UZ” markazi direktori M. Maxmudov mavjud qonunchilik, shu jumladan axborot xavfsizligi bo‘yicha vakolatli organ talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritishi lozimligini ta’kidladi.

“Cross Technologies” kompaniyasining bosh direktori Chugunov Yevgeniy Igorevich, kompaniya faoliyati, IT va axborot xavfsizligi sohasida integrator ekanligi, tijorat va davlat tuzilmalarida axborot xavfsizligi tizimlarini loyihalash uchun kompleks yechimlar ishlab chiqishi, maxfiy ma’lumotlarni monitoring qilishi hamda integratsiya bo‘yicha moliya, tibbiyot, transport hamda davlat sektorlari bo‘yicha ishlashi, shuningdek xizmat ko‘rsatiladigan yechimlar mavjudligi, hujjat aylanishini himoya qilishi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: “Cross Technologies” AJ 2011-yilda tashkil topgan Rossiyaning tizim integratori bo‘lib, axborot texnologiyalari sohasida korporativ biznes-jarayonlarni tekshirish, asbob-uskunalar bilan ta’minlash va integratsiyalangan xavfsiz korxona infratuzilmasini tashkil etishdan tortib, axborot xavfsizligini integratsiyalashgan yechimlarini joriy etishgacha bo‘lgan xizmatlarning to‘liq spektrini taqdim etishga ixtisoslashgan, axborot xavfsizligi va infratuzilma yechimlari sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda amaliy tajriba to‘plagan va yuqori malakali mutaxassislarning katta shtatiga ega kompaniya hisoblanadi.

Uchrashuv so‘ngida axborot xavfsizligi yo‘nalishiga mo‘ljallangan qo‘shma korxona tashkil etilishi bo‘yicha tayyorlangan memorandumni  “UNICON.UZ” markazi direktori M. Maxmudov hamda “Cross Technologies” kompaniyasining bosh direktori Chugunov Yevgeniy Igorevich imzolashdi. “Maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi bitim” va “Hamkorlik memorandumi”da ham xizmat ko‘rsatish qo‘shma korxonasi, ham mahalliy kadrlarni yetishtirib chiqarish yo‘nalishlarida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan.


Дата: 2023-04-17 05:04:12