Joriy yilning 11-aprel kuni “UNICON.UZ” DUK direktori raisligida “UNICON.UZ” DUK va “Cross Technologies” kompaniyalari “Maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi bitim” va “Hamkorlik memorandumi” istiqbollari borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “UNICON.UZ” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari Mashanpin Timur Vasikovich, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK hamda “Cross Technologies” kompaniyasi vakillari qatnashdilar.
“Cross Technologies” kompaniyasi bosh direktori Chugunov Yevgeniy Igorevich har qanday murakkablikdagi loyihaga mas’uliyat ila yondoshishi, mijozlar bilan audit jarayonidan, to texnik qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan butun loyiha davomida vazifalarga samarali yechimlar ishlab chiqishini ma’lum qildi.
“Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori Olimjon Mirzayev bugungi kunda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik masalalari dolzarbligini ta’kidlab, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarida kiberxafsizlikni ta’minlash, apparat-dasturiy ta’minot mahsulotlarini sertifikatlashtirishda axborotni himoyalash va axborot xavfsizligida yuzaga kelayotgan tahdidlarni oldini olishga oid muammolarni bartaraf etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek tashkil etishi rejalashtirilgan qo‘shma korxona mutaxassislarini o‘qitish masalalarini sanab o‘tdi.
“UNICON.UZ” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari T. Mashanpin “Cross Technologies” imkoniyati, yechimlari va kadrlaridan foydalangan holda biror axborot tizimi misolida pilot loyihasi sifatida pentest o‘tkazish taklifini berdi. Tomonlar shu yo‘nalishdagi biror tizim misolida amalga oshirilishi mumkinligini muhokama qilishdi va kelgusidagi ish rejalarini belgilashdi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan