Joriy yilning 17-aprel kuni UNICON.UZ” DUK va “H3C Technologies” kompaniyasining vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni “UNICON.UZ” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari Mashanpin Timur Vasikovich ochib berib, Markazning faoliyati bilan tanishtirdi. 2022 yildan Data markazda kollakeshn xizmalari bo‘yicha ish olib borilayotganligini, “H3C Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikrlar bildirdi. “New H3C Group” kompaniyasining bosh vitse-prezidenti va xalqaro tadbirkorlik bo‘limining prezidenti Gary Huang bilan mijozlar spektri hamda Markaz tomonidan mijozlar uchun qaysi turdagi xizmatlar amalga oshirilishi rejalashtirilayotganligini bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuvda Gary Huang tashrif buyurgan kompaniya mutaxassislarini tanishtirib o‘tdi. Shuningdek kompaniyaning 20 yillik faoliyati, tajribasi, ulushi, shu bilan birga Xitoyda HPE serverlari, saqlash tizimlari va texnik xizmatlarining eksklyuziv yetkazib beruvchisi ekanligi, tarmoq uskunalari, saqlash tizimlari, Wi-Fi, virtualizatsiya va Smart City bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda turishi Xitoy Xalq Respublikasida esa 1-o‘rinda turishi, Data markazi, Bulutli dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlash “H3C Technologies” kompaniyasi tomonidan mijozlarga CAS (20% ulush), UIS, Cloud OS, VDI, DataEngine, CMP kabi bulutli dasturlardan foydalanish bilan bog‘liq masalalarda yordam berishi haqida ma’lumot berdi hamda ishlash jarayonida qiyinchiliklar bo‘lmasligi uchun savollarga javob berishi va API tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rgatilishini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida “UNICON.UZ” DUK hamda “H3C Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari tashkil qilinishi belgilandi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan