“UNICON.UZ” DUK direktori Maxmudov Maxsum Mubashirovich Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davomida “H3C Technologies Co., Ltd.” kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida “H3C Technologies Co., Ltd.” rahbariyati“UNICON.UZ” DUK O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, telekommunikasiya tarmoqlarini modernizasiya qilish va IT-sohasida qonunchilik bazasini rivojlantirish bo‘yicha muhim o‘rin tutishi ilmiy-texnika sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada yuqori natijalarga erishish imkonini berishi, moslashuvchan AT infratuzilmasini yaratish uchun tezkor tajriba almashishga yordam berishini ta'kidladi. 
Aytish joizki, raqamli transformasiya bo‘yicha yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lgan H3C kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik - O‘zbekistonda eng yangi texnologiyalarni yanada joriy etish yo‘lidagi istiqbolli qadamdir.

Muzokaralar yakunida “H3C Technologies Co., Ltd.” kompaniyasi va «UNICON.UZ» DUK bilan hamkorlik doirasida O‘zbekistonda o‘z mijozlari uchun texnik qo‘llab quvvatlash markazi va o‘quv markazi tashkil etilishi belgilandi.


Дата: 2023-04-28 07:03:02