UZ milliy domeni 28 yoshda

UZ milliy domeni 28 yoshda

O‘zbekiston uchun 29 aprelni alohida kun deb aytish mumkin – aynan 1995 yilning shu kuni Janubiy Kaliforniya universitetining informatika instituti “UZ” milliy domenini yaratish bo‘yicha so‘rovni tasdiqlagan edi. Bugun .UZ domeni 28 yoshga to‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080-son Farmoni, 2003-yil mart oyida imzolangan shartnomaga muvofiq, ICANN xalqaro tashkilotlarining milliy domenini boshqarish huquqi UZINFOCOM markaziga topshirildi. Hozirgacha UZINFOCOM “UZ” milliy domenining ma’muri hisoblanadi. 

Xalqaro tashkilotlar nuqtai nazaridan, UZ domeni Internetning “toza” segmenti maqomiga ega: ko‘p jihatdan davlatning sohaga e’tibori va ma’murning faol faoliyati tufaylidir.

O‘z navbatida, bunday faol ishlar raqamli rivojlanish va yuqori darajadagi domenning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy va ishonchli qadamdir.

Aytish joizki, masofaviy biznes xizmatlari sohasi kengayib bormoqda. O‘zbekiston bo‘ylab 15 ta masofaviy biznes markazlari ochilgan bo’lib, ularda 500 dan ortiq kishi ishlaydi. 2022-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 million kishidan oshdi (mamlakatning doimiy aholisi 36 milliondan ortiq).


Дата: 2023-04-28 10:28:40