Markazda taqdirlash marosimi

7 may Aloqachilarning kasb bayrami munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, shuningdek mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli xissalarinin qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi korxonalar qatorida "UNICON" DUKning xodimlari ham O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy mukofotlari bilan mukofatlanishdi.
Rasmiy tabriklash marosimi IT Park majmuasi hududida joylashgan Vazirlining yangi binosi, kongress xolida 8 may kuni bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Sherzod Xotamovich Shermatov axborotlash hamda telekommunikatsiya sohasining davlatimiz rivojlanishidagi o‘rni, sohamizning istiqbollari to‘g‘risida gapirib, har bir so‘zga chiquvchi sohaning rivojlanishiga o‘z ulushini qo‘shgan fidoiy insonlar, ustozlar to‘g‘risida ko‘p ijobiy so‘zlar aytdilar. 
Mazkur taqdirlanuvchilar orasida Markazimiz xodimlari — Elektromagnit moslashuv tahlili xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Gataulina Almira Rafailovna "Mohir aloqachi" unvoni bilan, ATni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot departamenti boshlig‘i Rajabov Diyor Alisher o‘g‘li Vazirlikning Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandilar. 
Shu bilan birga, Markazda bo‘lib o‘tgan tadbirda Markaz direktori M.Maxmudov Vazirlik tomonidan taqdirlanganlarni muborakbod etdi hamda faoliyati davomida faollik ko‘rsatgan va korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga o‘zlarining samarali mehnatlari bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan “UNICON.UZ” DUKning quyidagi xodimlarini ham Markaz Fahriy yorliqlari bilan taqdirladilar:
Azizov Diyorbek Doniyor o‘g‘li  –  Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i
Davidova  Lola  Rustamovna —  Rejalashtirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi yetakchi iqtisodchisi
Dusenov Eldor Abdikarimovich  –  Elektromagnit moslashuvi tahlili xizmati boshlig‘i o‘rinbosari
Raxmetov Sardor Botir o‘g‘li  –  Ixtisoslashgan ishlab chiqarish departamenti, Elektronika ishlab chiqarish bo‘limi radioelektron apparatura va priborlarni yig‘uvchi-chilangari.


Дата: 2023-05-10 07:07:25