“Sifat menejmenti tizimlarining ichki auditori (ISO 9001:2015, ISO 19011:2018)” mavzusidagi uch kunlik trening kursi yakunlandi

“UNICON.UZ” DUK xodimlari ichki auditorlarni tayyorlashga moʼljallangan “Sifat menejmenti tizimlarining ichki auditori (ISO 9001:2015, ISO 19011:2018)” mavzusidagi uch kunlik oʼquv kursini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Tinglovchilar Markaz boshqaruv tizimining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini taʼminlash uchun xodimlarning SMT sohasidagi bilimlarini oshirish muhimligini taʼkidladilar. Trening yakunida tinglovchilar murabbiyning kasbiy mahoratini, murakkab vaziyatlarni aniq tushuntira olishini ham alohida qayd etishdi.

Kursni ISO menejment tizimlarining xalqaro standartlari, biznes jarayonlarini rivojlantirish va riskga asoslangan fikrlashdan foydalangan holda biznesni boshqarish boʼyicha maslahatchi-trener, sertifikatlashtirish organining texnik eksperti Аlisher Аlimov olib bordi.
 — Bu kurslar nafaqat nazariy, balki amaliy mashgʼulotlarni ham oʼz ichiga olgan. Ular kelajakda amalda qoʼllashimiz mumkin boʼlgan bilimlarni yaxshiroq oʼzlashtirishimizga yordam beradi. Kursni tugatganimizdan soʼng, nafaqat yakuniy natija, balki butun jarayonni koʼrish juda muhimligini bilib oldik, bizga sifatli maqsadlarni qoʼyish, bu jarayonlarning barchasini hujjatlashtirish va boshqa koʼp narsalarni oʼrgatishdi, – deydi “UNICON.UZ” DUK direktor oʼrinbosari Javlon Elchiev.
Kurs yakunida tinglovchilar oʼquv dasturi yakuni boʼyicha sertifikatlar topshirildi.


Дата: 2023-05-22 12:20:17