Radiochastota spektri va sunʼiy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha АSHH komissiyasining 23- yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

2023 yil 22 maydan Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida  “Radiochastota spektri va sunʼiy yoʼldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish” bo‘yicha АSHH komissiyasining (RChS va YO bo‘yicha ASHH komissiyasi) 23-yigʼilishi, shuningdek, uning ishchi guruhlari yig‘ilishlari (Radioaloqa assambleyasi (RА) va 2023 yilgi Butunjahon radioaloqa konferentsiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha IShchi guruh, Radiochastota spektrini boshqarish bo‘yicha ishchi guruhi, Radioeshittirish bo‘yicha ishchi guruhi va  АSHH Аloqa adminstratsiyasi 470-694 MHz chastota diapazonida “Jeneva-06” raqamli yer usti televizion eshittirish rejasiga qo‘shimcha kanallar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha loyiha guruhining birgalikdagi yig‘ilishlari) boʼlib o‘tmoqda.

Yig‘ilish RChS va YO bo‘yicha ASHH qo‘mitasi raisi Butenko Valeriy Vladimirovich tomonidan ochib berildi. Tabrik so‘zi bilan, Qozog‘iston Respublikasining innovatsiya va aerokosmik sanoatini raqamli rivojlantirish  vaziri o‘rinbosari Orazbek Asxat Yelubayevich, ASHH ning Ijroiya qo‘mitasi bosh direktori Muxitdinov Nuruddin Nasretdinovich, XEI radioaloqa byurosining harakatdagi va turg‘un xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i Bogens Karlis Karlovichlar yig‘ilish ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qildilar.

Yig‘ilishda Аrmaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa maʼmuriyatlarining 60 dan ortiq vakillari,  shuningdek АSHH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda.

ASHH Komissiyasi va uning Ishchi guruhlari yigʻilishlari doirasida radioaloqa yo‘nalishidagi dolzarb masalalarini, ASHH mamlakatlarida raqamli yer usti televizion eshittirishning rivojlanish holati, BRK-23 kun tartibidagi masala boʻyicha ASHH koordinatorlarining materiallari va BRK-23ga taqdim etish uchun ASHH umumiy pozitsiyalari loyihalarini, ASHH a’zo davlatlarning XEI BRK-23ga taklif etayotgan hissalarini, ASHH Aloqa ma’muriyatlarida joriy etilayotgan va rejalashtirilayotgan 5G/IMT-2020 tizimlari haqidagi muhim masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasidan mazkur tadbirlarda Raqamli texnologiyalar vazirligi, “UNICON.UZ” DUK, “RRTM” DUK, “EMMM” DUK mutaxassislari ishtirok etishmoqda.


Дата: 2023-05-22 12:22:37