Joriy yilning 24-may kuni "UNICON.UZ” DUK va “KEHUA Data Co. Ltd” kompaniyasining vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni “UNICON.UZ” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari Mashanpin Timur Vasikovich ochib berib, Markazning faoliyati bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining “KEHUA Data Co. Ltd” kompaniyasi mintaqaviy savdo bo‘yicha menejeri V. Piatov samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va ko‘plab loyihalarda ishtirok etgan yuqori texnologiyali korxonalardan biri “KEHUA Data Co. Ltd” kompaniyasi loyihalari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun: “KEHUA Data Co. Ltd” kompaniyasi energiya yechimlarining provayderi bo‘lib, 1988-yildan buyon muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan, Xitoy modulli ma’lumotlar markazi bozorida etakchi brend sifatida tan olingan, bundan tashqari, bugungi kunda Xitoyning 10 ta yirik shaharlarida 25 mingdan ortiq ma’lumotlar markazi telekommunikatsiya shkaflarini muvaffaqiyatli foydalanishga topshirgan va Xitoydagi eng katta telekommunikatsiya va moliyaviy kompaniyalar hisoblangan China Mobile, China Unicom, China Telekom, Xitoy banki, ICBC va boshqalar uchun 38 000 dan ortiq shkaflarni yetkazib bergan kompaniya hisoblanadi.
Uchrashuv so‘ngida Xitoy Xalq Respublikasining “KEHUA Data Co. Ltd” kompaniyasi mintaqaviy savdo bo‘yicha menejeri V. Piatov Xitoy Xalq Respublikasiga kelgusida kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, birgalikda loyihalar amalga oshirish, shuningdek qo‘shma korxona tashkil etish taklifini bildirdi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan