Markaz xodimlari obodonlashtirish hasharida

“UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi tomonidan "Obodonlashtirish oyligi" munosabati bilan joriy yilning 31-iyul sanasida hashar tashkillashtirdi.

Yakkasaroy tumani "Belariq" MFY Avloniy massiv 45-uyning hududida "UNICON.UZ" DUK xodimlari tomonidan hashar ishlari tashkil etildi. Tadbir doirasida Yakkasaroy tumani "Belariq" MFY Al-Termiziy daha 64-uyning hududida ariq (lotoklar) maishiy chiqindilaridan tozalandi. Yakkasaroy tumani "Belariq" MFY Askiya massiv 25-uyning hududida daraxt va ko‘chatlar sug‘orildi.


Дата: 2023-08-01 09:33:45