"UNICON.UZ" DUKda nominal quvvati 60 kVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi o‘rnatildi

«2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023 y.) ijrosi doirasida “UNICON.UZ” DUKda qo‘yosh panellari o‘rnatildi.
Darhaqiqat, quyosh panellari: energetik barqarorlikka erishishning eng maqbul yo‘lidir. Shuning uchun binoning elektr energiyasini tejash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan oqilona foydalanish maqsadida Korxona tomining 500m2 maydoniga umumiy 120 dona panel o‘rnatildi. Quyosh panellarning umumiy quvvati — 60kVt.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda zamonaviy tejamkor texnologiyalarni o‘rnatish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, mavjud resurslar va foydalanilmayotgan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Дата: 2023-08-25 08:22:07