Darts bo‘yicha jahon chempionati 25 yildan ortiq vaqtdan beri o‘tkazib kelinadi, milliy turnirlar va faol dartchilar soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Drotlarni nishonga otish diqqatni jamlashni va quntni yaxshilashga yordam beradi.
Bu kompyuter qarshishda o‘tirib ishlaydiganlar ushun miya va ko‘zlarga dam beradigan hissiy jamoaviy o‘yin bo‘lgani uchun 30-avgust kuni Markazda kalta o‘qlarni (drot) aniq mo‘ljalga olish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. O‘yin ochiq havoda bo‘ldi. Musobaqaning har bir ishtirokchisi nishon markaziga tegadimi-yo‘qmi, deb hayajon bilan urdi. Har bir raundda otishlar aniqroq bo‘lib, oxiriga borib, o‘yin yanada qizg‘in tus oldi.
Nihoyat, hal qiluvchi daqiqa keldi! Ayollar o‘rtasida 25 ball to‘plagan holda 1-o‘rin Sulaymonova Sarvinozga nasib etdi. Erkaklar o‘rtasida Tolipov Oxan 30 hisob bilan g‘olib bo‘ldi.
G‘oliblarga esdalik sovg‘alar topshirildi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan