“Check Point” kompaniyasi bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi

Joriy yilning 24-avgust kuni “UNICON.UZ” DUK direktor o‘rinbosari SH. Magdiyev rahbarligida “UNICON.UZ” DUK va “Check Point” kompaniyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “UNICON.UZ” DUK  direktor  o‘rinbosari SH. Magdiyev, “UNICON.UZ” DUK Xalqaro munosabatlar bo‘yicha 2-toifali muhandisi M. Tulyaganova hamda “Check Point” vakili V. Spesivtsev qatnashdilar.

O‘zbekistondagi “Check Point” kompaniyasining Hududiy hisob menejeri V. Spesivtsev Markaz mutaxassislariga “Demo” qurilmalarda ishlashda malakalarini oshirish va axborot xavfsizligi yo‘nalishida talabalarni o‘qitish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Tomonlar hamkorlikda davlat organlari, banklar va xususiy sektor vakillariga kiberxavfsizlik yo‘nalishida birgalikda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarni o‘rganish taklifi ilgari surildi.


Дата: 2023-09-05 05:49:03