Markaz xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha malaka oshirishdi

Markaz xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi tomonidan tashkil qilingan Davlat organlari va tashkilotlari xizmatchilari ishtirokida 2023-yilning avgust oyida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari” mavzusidagi malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlashdi.

10 soatlik masofaviy o‘quv kurs o‘z ichiga quyidagi mavzularni olgan:

- Korrupsiya tushunchasi, shakllari, sabablari va oqibatlari;

- Davlat xizmatchilari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va uni oldini olish masalalari;

- Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari;

- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida korrupsiya uchun javobgarlik.

Har bir mavzu bo‘yicha maxsus tuzilgan testlar uchun 50 daqiqadan vaqt ajratilgan bo‘lib, Muattar Djabborova umumiy 100 balldan 96,67 to‘plab, yuqori natijaga erishdi, hamda sertifikat bilan taqdirlandi.


Дата: 2023-09-12 11:17:17