Xalqaro elektraloqa ittifoqining 2023-yilgi Radioaloqa assambleyasi o‘z ishini boshladi

13-noyabr kuni Dubay shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) Xalqaro elektraloqa Ittifoqining (XEI) 2023-yilgi Radioaloqa assambleyasi o‘z ishini boshladi va 17-noyabrgacha davom etadi.🇦🇪

Radioaloqa assambleyasida XEIga aʼzo davlatlar, assotsiatsiyalangan aʼzolar, XEI Radioaloqa sektori aʼzolari, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqdalar.

Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa ma’muriyatidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, “EMMM” DUK, “UNICON.UZ” MChJ va “RRTM” DUK mutaxassislari ishtirok etmoqda.


Дата: 2023-11-15 06:32:58