Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan seminar o‘tkazildi

Mana, 32 yildan beri bayrog‘imiz yurtimizda va dunyoning nufuzli minbarlarida ozodlik va hurlik ifodasi sifatida hilpirab turibdi. Shu sana munosabat bilan “UNICON.UZ (https://unicon.uz/uz/news)” MChJ majlislar zalida davra suhbati tashkil etildi.

Seminarni Markaz yetakchi yuriskonsulti Shamsuddinova Fotima olib bordi. Suhbat davomida O‘zbekiston suverenitetini belgilaydigan ramzlar orasida Davlat bayrog‘i alohida o‘rin tutishini ta’kidlab, Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi 407-XII-sonli Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida so‘zlab berdi.

Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, ayniqsa, yosh avlod yodda tutishi maqsadga muvofiq ekanligini qayd etdi.


Дата: 2023-11-16 05:08:01