Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati xodimlari malaka oshirishdi

A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi”da “UNICON.UZ” MCHJ “Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati” xodimlari “O‘zbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish” kursida malaka oshirishdi.

Kursda xodimlar uchta modul bo‘yicha o‘qitildi.

1-modul “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi”

2-modul “O‘zbek adabiy tili me’yorlari”;

3-modul “Davlat tilida ish yurutish”.

O‘qish davomida xodimlarga o‘tilgan mavzular bo‘yicha diktant yozish, nutqni to‘g‘ri rivojlantirish maqsadida (og‘zaki hamda yozma shaklda) esse, sohaga oid hujjatlar yozish hamda test topshirish vazifalari yuklandi. Barcha amallarni muvaffaqiyatli bajargan malaka oshiruvchilar baholanib, sertifikatlar topshirildi.


Дата: 2023-11-17 06:26:10