“UNICON.UZ” MChJ mutaxassislari tomonidan “Kriptografik algoritmlar yaratish” innovatsion loyihasi doirasida X.Xasanov, O.Axmedova, M.Nazarova, S.Nabiyeva va D.Djamatova hammuallifligida “Kriptografiya tarixi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqildi va chop etildi.
Axborotni himoyalash sohasida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar va kriptografiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan mazkur o‘quv qo‘llanmada kriptografiyaning rivojlanish bosqichlari, dastlabki va formal kriptografiya nomoyondalari tomonidan yaratilgan shifrlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Shunindek ilmiy va kompyuter kriptografiyasi davridagi ilmiy ishlar va zamonaviy kriptografik algoritmlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi va kriptologiya sohasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari ishlab chiqilgan davlat standartlari, Kriptografiya sohasida olingan patentlar hamda shu sohada erishilgan asosiy yutuqlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek kriptologiya yo‘nalishi sohasida faoliyat yuritgan olimlar haqida ham dolzarb mazularni ko‘rish mumkin.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2023 UNICON.UZ Barcha huquqlar himoyalangan